Hisob va xavfsizlik
Bu sizning shaxsiy Bione hisobingiz: ism, kirish uchun email, telefon va parol, ikki bosqichli kirish va kirilgan qurilmalar. Hisob do'kondan alohida: bir hisob bilan bir nechta do'konda ishlash mumkin.
Hisob
Menyudan Sozlamalarni oching va Hisobni bosing.
- Ikki bosqichli kirish — yoqilsa, paroldan keyin autentifikator ilovasidagi (masalan, Google Authenticator) olti xonali kod ham so'raladi. Telefon yo'qolsa, yoqishda berilgan zaxira kodlar bilan kirasiz. Qurilmalarda hisobingiz ochiq turgan telefon va kompyuterlarni ko'rasiz va keraksizidan chiqasiz
Hisobni o'chirish
Hisobni o'chirishni so'raganingizdan keyin 30 kun ichida fikringizdan qaytishingiz mumkin; muddat tugagach hisob butunlay o'chadi. Agar siz biror do'konning yagona egasi bo'lsangiz, so'rov qabul qilinmaydi: avval do'konga yana bir egani qo'shing.