Buyurtmani bekor qilish
Mahsulot tugab qolsa yoki mijoz bilan bog'lanib bo'lmasa, buyurtmani sabab ko'rsatib bekor qilasiz.
To'langan buyurtma
Karta bilan ilovada to'langan buyurtmani bekor qilsangiz, pul kartaga qaytariladi. Naqd yoki terminal orqali to'langan buyurtmada Bekor qilish bo'lmaydi — o'rniga Qaytarish orqali pul qaytariladi.
Bekor qilishni bosing
Buyurtma sahifasida pastdagi Bekor qilishni bosing. Buyurtma topshirilguncha bekor qilish mumkin.
Sababni tanlang
Sabab tanlanmaguncha bekor qilib bo'lmaydi. Bu misolda Mahsulot tugagan.
Tasdiqlang
Kerak bo'lsa izoh yozing, keyin Bekor qilishni bosing.
Bekor qilindi
Buyurtma sahifasida sabab bilan Buyurtma bekor qilindi yozuvi turadi. Buyurtma ro'yxatda Bekor qilingan filtriga o'tadi.