Skip to content

Ta'minotchi qo'shish ​

Ta'minotchi — sizga tovar olib keladigan firma yoki odam. Kirim qilganda uni tanlaysiz va to'lanmagan summa uning qarziga yoziladi. Bu sahifa yangi ta'minotchini qo'shishni ko'rsatadi.

Kirimdan turib ham bo'ladi

Ta'minotchini kirim qilayotganda ham qo'shish mumkin: ta'minotchi tanlash oynasidagi Ta'minotchi qo'shish qatori. U shu zahoti kirimga tanlanadi.

Ta'minotchi qo'shing ​

Menyudan Ta'minotchilarni oching va Ta'minotchi qo'shishni bosing.

  • Ta'minotchilarga qarz — barcha ta'minotchilarga to'lanmagan summa, xaridlar va to'langani
  • Bir nechta qarzni to'lash — qarzdor ta'minotchini tanlab, uning kirimlarini bitta to'lov bilan yopasiz
  • Qaytarishlar — ta'minotchilarga qaytarilgan tovarlar ro'yxati

Nomini yozing ​

Ikkita ta'minotchi bir xil nomda bo'lolmaydi; katta-kichik harf farq qilmaydi.

Telefonni yozing ​

Ta'minotchi sahifasida telefon raqamini bosib, darhol qo'ng'iroq qilasiz.

Yarating ​

Izoh ixtiyoriy: masalan, qaysi kunlari olib kelishi. Yaratishni bosing.

Ta'minotchi qo'shildi ​

Ta'minotchi ro'yxatga tushdi va kirimda tanlashga tayyor. Kirimi bo'lmagani uchun To'langan deb turadi.

  • Saralash — Qarzdormiz: to'lanmagan kirimi bor ta'minotchilar; Arxiv: arxivlanganlari