Katalogdan import
Do'koningizda sotiladigan ko'p mahsulot Unical katalogida allaqachon bor: nomi, brendi, shtrix-kodi, rasmi va soliq kodi (MXIK) bilan. Ularni qo'lda kiritmasdan belgilab qo'shasiz — xohlagan vaqtda va istagancha marta. Bu misolda bitta mahsulot ro'yxatdan, bittasi qidiruvdan qo'shiladi.
Bito'ga ulangan do'konlar
Bito'ga ulangan do'konning mahsulotlari Bito'dan keladi, shuning uchun katalogdan import bo'lmaydi.
Import
Mahsulotlarda yuqoridagi yuklash belgisini bosing.
Katalogdan
Ilova qayerdan import qilishni so'raydi. Katalogdanni tanlang; o'zingizning jadvalingiz bo'lsa — CSV fayldan.
Mahsulotlarni belgilang
Yuqorida do'koningiz turi va uning kategoriyalari turadi. Kategoriyani tanlang va sotadigan mahsulotlaringizni belgilang. Do'koningizda bor mahsulotlar Do'konda bor deb yoziladi va qayta qo'shilmaydi.
- Kategoriyalar — belgilangan mahsulotlar soni har bir kategoriya yonida turadi
Narx
Belgilangan mahsulot ostida narx qatori ochiladi. Narxni hoziroq yozish shart emas: narxsiz mahsulot qo'shiladi, lekin narx qo'yilmaguncha sotilmaydi.
Narxni saqlang
Narxni yozib Saqlashni bosing.
Qidiruv
Kerakli mahsulotni nomi, brendi yoki shtrix-kodi bo'yicha qidiring. Qidiruv do'koningiz turidagi barcha kategoriyalar bo'yicha ishlaydi va natija qaysi kategoriyaga tushishini ko'rsatadi.
Topilganini belgilang
Mahsulotni belgilang. Avval belgilaganlaringiz qidiruvdan keyin ham saqlanib qoladi.
Import qiling
Pastda nechta mahsulot belgilangani va nechtasi narxsizligi yoziladi. Tugmani bosing.
Qo'shildi
Mahsulotlar darhol do'konda, tekshiruvsiz. Katalog rasmlari bir necha daqiqada paydo bo'ladi. Kerakli kategoriyalar ham o'zi yaratiladi — faqat mahsulot tushgan kategoriyalar.
Mahsulotlar ro'yxatida
Yangi mahsulotlar ro'yxatda. Narxsizlariga narx qo'yish uchun mahsulotni oching yoki narxni tez o'zgartiring.