Bosh sahifa
Asosiy — ilovani ochganda birinchi ko'rinadigan sahifa: bugungi savdo, diqqat talab qiladigan ishlar va eng ko'p kerak bo'ladigan amallar. Bu misolda bugun bitta sotuv bo'lgan: ikki qop guruch.
Bugungi kun
Har bir raqamni bossangiz, uning yozuvlari ochiladi: sotuvlar, qarzlar, ombor yoki xarajatlar.
- To'landi — bugun kassaga va kartaga tushgan pul. Nasiyaga sotilgani bu yerga kirmaydi, u Yangi qarzda. Qarz yopildi — mijozlar bugun to'lagan qarz
- Qarzlar — mijozlarning butun do'konga qarzi; Ombor — qoldiqning tannarxdagi qiymati; Tushumlar va Xarajatlar — shu oy bo'yicha
- E'tibor bering — tugagan va kam qolgan mahsulotlar, eng eski qarzi 30 kundan oshgan mijozlar. Hammasi joyida bo'lsa, bu blok ko'rinmaydi
Qidiruv
Yuqoridagi lupa belgisini bosing.
Qidiring
Bu misolda «sut» deb yozamiz.
Natijalar
Topilganlar buyurtmalar, mahsulotlar va mijozlarga bo'lib ko'rsatiladi. Yonidagi shtrix-kod tugmasi bilan mahsulotni kamerada skanerlab topasiz — mos kelsa, uning sahifasi darhol ochiladi.