Yangi mahsulot qo'shish
Do'konga yangi mahsulot qo'shish uchun uning nomi, SKU (artikul) kodi va sotuv narxi kifoya. Qolgan maydonlar ixtiyoriy — ularni hozir yoki keyinroq to'ldirishingiz mumkin.
Bito'ga ulangan do'konlar
Bito'ga ulangan do'konda mahsulotlar Bito'da yaratiladi va ilovaga o'zi tushadi; Mahsulot qo'shish tugmasi bo'lmaydi.
Mahsulotlar bo'limini oching
Pastki menyuda Mahsulotlarni oching va Mahsulot qo'shishni bosing.
Nomini yozing
Forma ochiladi. Nomi maydoniga mahsulotni xaridor ko'radigan ko'rinishda yozing — chekda, onlayn katalogda va qidiruvda aynan shu nom chiqadi.
- Nomi — hajm yoki o'lchamni ham qo'shib yozish qulay
SKU kodini kiriting
SKU (artikul) — mahsulotning do'kon ichidagi kodi. U har bir mahsulot uchun boshqacha bo'lishi kerak; shu kod bo'yicha mahsulotni qidirish va kirim qilish mumkin. SKU ostida o'lchov birligi tanlanadi: dona, kilogramm, litr va boshqalar.
- SKU (artikul) — takrorlanmas: ikki mahsulotda bir xil SKU bo'lmaydi
- Katalogdan — nomga mos katalog mahsulotlari; birini tanlasangiz, forma o'zi to'ladi (Katalogdan to'ldirish). Bu misolda mahsulot qo'lda kiritiladi
Kategoriyani tanlang
Formani pastga suring. Kategoriya bo'limida do'koningiz kategoriyasini tanlaysiz — u ro'yxatda filtr bo'ladi. Pastdagi Onlayn katalog kategoriyasi esa mahsulot Bione onlayn katalogining qaysi bo'limida chiqishini belgilaydi. Uni bosing.
- Kategoriya — do'kon kategoriyasi; + Yangi bilan shu yerning o'zida yaratish mumkin
- Onlayn katalog kategoriyasi — onlayn katalogda mahsulot qaysi bo'limda chiqishi
Onlayn kategoriyani toping
Nomining bir qismini yozing va keraklisini tanlang.
Sotuv narxini bosing
Narx maydonini bosing. Narx ilovaning o'z raqam klaviaturasida kiritiladi.
- Tannarx — mahsulotni qanchaga olganingiz; ixtiyoriy, lekin foyda va marja hisoboti shundan chiqadi
Narxni kiriting
Narxni tering va Saqlashni bosing.
Qo'shimcha maydonlar
Formaning qolgan qismi ixtiyoriy. Telefondagi ekranni surib, barcha maydonlarni ko'rib chiqing.
- Mahsulot rasmi — 4 tagacha rasm; birinchisi asosiy bo'lib, ro'yxatda va onlayn katalogda ko'rinadi
- Shtrix-kodlar — kassada skaner qilish uchun; bir nechta kod qo'shish mumkin
- Mahsulotni saqlash — barcha majburiy maydonlar to'lganda faollashadi
Qoldiq
Formadagi Qoldiq — mahsulotning boshlang'ich miqdori. Keyinchalik qoldiq faqat kirim, sotuv, chiqim va inventarizatsiya orqali o'zgaradi.
Saqlang
Mahsulotni saqlash tugmasini bosing.
Mahsulot tayyor
Mahsulot sahifasi ochiladi: nomi, narxi, filiallardagi qoldig'i va ma'lumotlari. Kassada uni darhol sotish mumkin.
- Sotuv narxi — qalam belgisi narxni tez o'zgartiradi
Moderatsiya
Onlayn katalogga chiqadigan mahsulotni Bione moderatorlari tekshiradi. Tekshiruv paytida ham mahsulot kassada sotiladi; tasdiqlangach onlayn do'konda ko'rinadi.