Skip to content

Qarzlar bo'limi ​

Qarzlar — mijozlarning do'konga qarzlari: nasiyaga sotilgan cheklar va qo'lda yozilgan qarzlar. Bu sahifa bo'limni va qarzlar statistikasini ko'rsatadi.

Bito'ga ulangan do'konlar

Bito'ga ulangan do'konda qarzlar Bito'da yuritiladi va bu bo'lim ilovada bo'lmaydi.

Qarzlar ​

Menyudan Qarzlarni oching.

  • Umumiy qarz — To'lash bir mijozning hamma qarzini bir to'lovda qabul qiladi
  • Ro'yxat — Cheklar: har bir qarz alohida; Mijozlar: har bir qarzdor jami bilan; To'lovlar: qabul qilingan to'lovlar
  • Statistika — qarzlar qanchasi qaytgani va qancha vaqtdan beri turgani

Qarzlar statistikasi ​

Statistika oxirgi 30 kun bilan ochiladi; yuqorida davrni o'zgartirasiz.

  • Qarzlar qaytishi — berilgan qarzning qanchasi to'langan, qanchasi qaytarilgan tovar bilan yopilgan va qanchasi qolgan
  • Qarzlar yoshi — qarzlar necha kundan beri to'lanmay turgani; 90 kundan ko'pi qizil