Skip to content

Xaridorni bloklash ​

Buyurtma berib olib ketmaydigan yoki soxta buyurtma qiladigan xaridorni onlayn do'koningizdan bloklaysiz. Bu misolda Sardor Qodirov bloklanadi.

Buyurtma ​

Menyudan Buyurtmalarni oching va xaridorning buyurtmasini bosing.

Bloklash ​

Xaridor kartasidagi Xaridorni bloklashni bosing. Tugma buyurtma do'koningiz mijozining Bione hisobiga bog'langan bo'lsagina chiqadi.

Sabab ​

Sababni tanlang. Boshqani tanlasangiz, izoh yozish majburiy bo'ladi.

Bloklang ​

Xaridorni bloklashni bosing.

Bloklandi ​

Xaridor endi onlayn buyurtma bera olmaydi, ochiq buyurtmasi esa bekor bo'lmaydi — uni odatdagidek yakunlang yoki bekor qiling. Bloklanganlar ro'yxati va blokdan chiqarish Xaridor cheklovlari sahifasida.