Harakatlar jurnali
Jurnal — do'konda kim, qachon va nimani o'zgartirganining yozuvi: mahsulot va narxlar, ombor, mijozlar, pul, jamoa va sozlamalar. Bu misolda Asal mahsulotining narxi 75 000 so'mga o'zgartirilgan.
Jurnalga nima tushadi
Faqat xodimlar ilova yoki veb-panelda qilgan o'zgarishlar. Bito ERP'dan sinxronlanganlar va hamkor tizimlar orqali kelganlar yozilmaydi. Xodim jurnalda faqat o'zi ishlaydigan filiallarning yozuvlarini ko'radi. Tannarx o'zgarishlari esa faqat tannarxni ko'rish huquqi bor xodimga ko'rinadi.
Jurnal
Menyudan Harakatlar jurnalini oching. Eng yangi yozuv tepada. Yozuvni bosing.
- Qo'shildi · O'zgartirildi · O'chirildi — bossangiz, ro'yxatda faqat shu turdagi yozuvlar qoladi
- Bo'lim va xodim bo'yicha ham saralash mumkin
Yozuv
Nima, kim va qachon o'zgartirgani, va har bir o'zgarish «avval → keyin» ko'rinishida. «Bo'sh» — bu filialda alohida narx yo'q edi va mahsulotning asosiy narxi ishlatilardi. Xodim ismini bossangiz, uning sahifasi ochiladi.