Skip to content

Mijozni taklif qilish ​

Bione ilovasi bor odamni do'koningizga mijoz qilib taklif qilasiz. Taklifni qabul qilsa, u do'koningizdan keshbek yig'a boshlaydi. Bu misolda Dilnozaga 15 000 so'm xush kelibsiz bonusi bilan taklif yuboriladi.

Taklif ​

Menyudan Mijozlarni oching va yuqoridagi odam belgisini bosing.

Telefon raqami ​

Bione hisobi — taklif shu raqamga ulangan Bione hisobiga bildirishnoma bo'lib boradi. Raqamda Bione hisobi bo'lmasa, yuborib bo'lmaydi: unda Emailni tanlang, mijozga havola yuboriladi.

Ism ​

Ism ixtiyoriy — xabarda mijozga shu ism bilan murojaat qilinadi.

Bonus ​

Xush kelibsiz bonusini o'zgartirmasangiz, do'kon sozlamasidagi summa beriladi. Bu misolda summani o'zimiz kiritamiz.

Summani tering ​

Bu misolda 15 000 so'm.

Tayyor ​

Tayyorni bosing.

Yuboring ​

Mijoz shunday ko'radi — xabar mijozga aynan shu ko'rinishda boradi. Yuborishni bosing.

Yuborildi ​

Taklif yuborildi. Ilovada takliflar ro'yxati saqlanmaydi, natijani faqat shu yerda ko'rasiz. Bonus mijoz taklifni qabul qilgandagina hamyoniga tushadi. Bir kunda bir odamga ikkinchi bildirishnoma bormaydi.