Skip to content

Mijoz qo'shish ​

Doimiy mijozni ro'yxatga qo'shib qo'ysangiz, kassada uni bir zumda topasiz, nasiyaga sotasiz va xaridlarini kuzatasiz. Kassada sotuv paytida ham mijozni o'sha zahoti qo'shish mumkin.

Yangi mijoz ​

Mijozlar ro'yxatining yuqorisidagi Yangi mijozni bosing.

Ismini yozing ​

Ism va familiya majburiy.

Telefon raqami ​

Raqamni +998 dan keyin yozing.

  • Telefon — bitta raqam do'konda faqat bitta mijozda bo'ladi; raqam band bo'lsa, ilova o'sha mijozni ochishni taklif qiladi
  • Xodim izohi — ixtiyoriy; mijoz uni ko'rmaydi

Saqlang ​

Saqlashni bosing. Mijoz shu raqam bilan Bione ilovasiga kirsa, uning xaridlari va keshbeki avtomatik bog'lanadi.

Mijoz qo'shildi ​

Yangi mijozning sahifasi ochiladi. Endi uni kassada ismi yoki raqami bo'yicha topasiz.