Xarajat yozish
Ijara, kommunal, maosh — do'kon pulidan ketgan har bir xarajatni yozib borasiz, shunda foyda to'g'ri hisoblanadi. Bu sahifa 2 500 000 so'mlik ijara to'lovini yozishni ko'rsatadi. Savdodan tashqari kelgan pul (masalan, egasi qo'shgan mablag') xuddi shunday boshqa tushum sifatida yoziladi.
Ta'minotchiga to'lov xarajat emas
Ta'minotchiga to'lagan pulingizni bu yerga yozmang: tovar tannarxi kirimdayoq hisobga olingan. Uni ta'minotchi qarzi sifatida yozing.
Xarajat qo'shing
Menyudan Xarajatlarni oching va Xarajat qo'shishni bosing.
- Statistika — xarajatlar kunlar, turlar va hafta kunlari bo'yicha
- Turlar — xarajat turlarini qo'shish, nomini o'zgartirish yoki arxivlash
Summani tering
Forma summa bilan ochiladi. Tayyor tugmalar — tez-tez uchraydigan summalar.
Saqlang
Tayyorni bosing.
Turini tanlang
Bu misolda Ijara. Kerakli tur bo'lmasa, + Yangi bilan shu yerda qo'shasiz.
- To'lov usuli — faqat Naqd xarajat kassadagi pulni kamaytiradi
Nomini yozing
Nom ro'yxatda va statistikada ko'rinadi: masalan, qaysi oyning ijarasi.
Saqlang
Xarajat bugungi sana bilan yoziladi — o'tgan kunga yozib bo'lmaydi. Xarajatni saqlashni bosing.
Xarajat yozildi
Davr jami va tur bo'yicha ulushi yangilandi. Yozuvni bosib oching.
- Davr xarajatlari — tanlangan davr jami va oldingi shunday davr bilan solishtirish
Xarajat sahifasi
Xarajat tahrirlanmaydi. Xato bo'lsa, Bekor qilish bilan sababini yozib bekor qilasiz: yozuv ro'yxatda o'chirilgan holda qoladi va hisoblardan chiqadi.
Statistika
Ro'yxatga qayting va statistika belgisini bosing.
Xarajatlar statistikasi
Kunlar bo'yicha grafik, xarajat turlari, eng qimmat nomlar va hafta kunlari. Davrni yuqoridan almashtirasiz.