Yig'ish ro'yxati
Yig'ish ro'yxati — buyurtmadagi mahsulotlar va ularning soni: javondan olganingizni belgilab borasiz. Ro'yxatni chop etish yoki yig'uvchiga yuborish ham mumkin. Bu misolda buyurtmada ikki xil mahsulot bor.
Buyurtmani oching
Menyudan Buyurtmalarni oching va buyurtmani bosing.
Yig'ish ro'yxati
Yuqoridagi printer belgisini bosing.
Belgilang
Javondan olgan mahsulotni bosing — u belgilanadi va tepadagi hisob o'zgaradi.
- Belgilar shu telefonda, ilova yopilmaguncha saqlanadi: ro'yxatni yopib qayta ochsangiz ham qoladi. Buyurtma topshirilgach o'chadi
A4 varaq
Chek lentasi — chek printeriga chiqadigan tor ko'rinish. A4 varaqda artikul ustuni ham bor. Yuborish belgisi bilan ro'yxatni Telegram yoki boshqa ilova orqali yuborasiz.
A4 ko'rinishi
Artikul bo'yicha mahsulotni ombordan topish oson.