Skip to content

Katalogdan to'ldirish ​

Yangi mahsulot qo'shayotganda nomini yozishni boshlasangiz, ilova Unical katalogidagi mos mahsulotlarni taklif qiladi. Birini tanlasangiz, forma o'zi to'ladi: nomi, shtrix-kodi, soliq kodi (MXIK), qadoq turi va rasmi. Qolgani — narx va kategoriya.

Yangi mahsulot ​

Mahsulotlarda Mahsulot qo'shishni bosing.

Nomini yozing ​

Nomini, brendini yoki shtrix-kodini yoza boshlang — bu misolda shtrix-kod yoziladi. Shtrix-kodni skanerlasangiz ham, katalogda topilgan mahsulot taklif qilinadi.

Taklifni tanlang ​

Nom ostida katalogdagi mos mahsulotlar chiqadi. Keraklisini bosing. Mos kelmasa, e'tibor bermay yozishda davom eting.

Forma to'ldi ​

Maydonlar katalogdan to'ldi. Tekshiring, narxni yozing va saqlang.

  • Katalog rasmi — saqlangach, bir daqiqa ichida mahsulotga o'tadi; kerak bo'lmasa, ✕ bilan olib tashlang

Qo'lda to'ldirilgan har bir yangi mahsulot kabi, bu mahsulot ham onlayn do'konda ko'rinishidan oldin tekshiriladi. Boshqa mahsulotni tanlamoqchi bo'lsangiz, Tozalash formani bo'shatadi.