CSV fayldan yuklash
Ko'p mahsulotni birma-bir kiritish o'rniga jadvaldan bir yo'la yuklaysiz. Jadvalni Excel yoki Google Sheets'da tayyorlab, CSV sifatida saqlang va telefonga yuboring. Bu misolda olti qatorli fayl yuklanadi: to'rtta yangi mahsulot, bitta bor mahsulotning yangi narxi va narxi yozilmagan bitta qator.
Faylni tanlang
Mahsulotlarda yuqoridagi yuklash belgisini bosing va CSV fayldanni tanlang (tayyor mahsulotlar uchun — Katalogdan import). Shablonni ulashish ustun nomlari yozilgan bo'sh jadvalni yuboradi — uni to'ldirsangiz, ustunlar o'zi mos keladi. Faylni tanlashni bosing va telefoningizdagi faylni oching.
Ustunlar
Ustun nomi o'zbekcha, ruscha yoki inglizcha bo'lsa (Nomi, Narxi, Artikul va hokazo), ilova uni o'zi topadi. Boshqacha nomlangan ustunni maydonni bosib tanlang. Nomi, SKU va Narx majburiy. Tekshirishni bosing.
Tekshiruv
Har bir qator yuklanishdan oldin tekshiriladi.
- Xato — bu qator yuklanmaydi: masalan, narx yozilmagan
- Ogohlantirish — qator yuklanadi, lekin e'tibor bering: bu misolda GS-002 artikulli mahsulot do'konda allaqachon bor
Sozlamalar
Bor SKU bo'lsa, mahsulotni yangilash yoqildi — Guruch "Lazer" endi yangi narx bilan yangilanadi. Faylda bor, do'konda yo'q kategoriya uchun Yangi kategoriyalarni yaratishni yoqing.
Import qiling
Muzqaymoqlar kategoriyasi yaratiladi. Narxi yo'q qator Xatoli qatorlarni o'tkazib yuborish yoqilgani uchun tashlab ketiladi; u o'chirilsa, xato qolguncha import qilib bo'lmaydi. Import qilishni bosing.
Tayyor
Yuklangan mahsulotlar qoldiqsiz qo'shiladi — ularni sotish uchun kirim qiling. O'tkazib yuborilgan qatorni faylda tuzatib, faylni qayta yuklang: bor mahsulotlar takrorlanmaydi.