Skip to content

Nasiyaga sotish ​

Mijoz hozir to'lay olmasa, sotuvni uning qarziga yozasiz. Buning uchun chekka mijoz qo'shilgan bo'lishi kerak. Qarz Qarzlar bo'limida va mijoz sahifasida ko'rinadi.

Kim nasiyaga sota oladi

Nasiyaga sotish alohida huquq. U bo'lmasa, to'lov oynasida Keyin to'lash chiqmaydi. Bito'ga ulangan do'konda nasiya yo'q.

Mijozni qo'shing ​

Savatda Mijozni qo'shishni bosing.

Mijozni toping ​

Ismi yoki telefon raqamining bir qismini yozing.

  • Qidirish — mijoz Bione ilovasidagi kodini ko'rsatsa, yuqoridagi tugma bilan skaner qiling: shunda u keshbekini ham ishlata oladi

Tanlang ​

Ro'yxatdan mijozni bosing. Agar u topilmasa, pastdagi Yangi mijoz bilan shu yerning o'zida qo'shasiz.

To'lovga o'ting ​

Mijoz chekka qo'shildi. To'lashni bosing.

Keyin to'lashni tanlang ​

To'lov usullaridan Keyin to'lashni tanlang.

Nasiyaga soting ​

Mijoz bir qismini hozir to'lasa, oldindan to'lovni qo'shing; qolgani qarzga yoziladi. Oyna mijozning hozirgi va sotuvdan keyingi qarzini ko'rsatadi. Nasiyaga sotishni bosing.

Qarzga yozildi ​

Sotuv yozildi, chek summasi mijozning qarziga qo'shildi. Qarzni keyin mijoz sahifasidagi To'lash orqali qabul qilasiz.