Skip to content

Aralash to'lov ​

Mijoz chekning bir qismini naqd, qolganini karta bilan to'lamoqchi bo'lsa, Aralash usulini tanlang. Bu sahifa 98 000 so'mlik chekni 50 000 naqd va qolganini terminal orqali to'lashni ko'rsatadi.

Aralashni tanlang ​

Savatda To'lashni bosing va to'lov usullaridan Aralashni tanlang.

Qismlar ​

Aralash to'lov ikki qism bilan ochiladi: naqd va terminal. Avval naqd qismning O'zgartirish tugmasini bosing.

  • Qism — har bir qism alohida summa bilan yoziladi; naqd qism bittadan ko'p bo'lmaydi
  • Qism qo'shish — yana bir usul qo'shish uchun, masalan ikkinchi terminal
  • To'lov qismlarini tekshiring — qismlar yig'indisi chek summasiga teng bo'lmaguncha tasdiqlab bo'lmaydi

Naqd summani kiriting ​

Mijoz naqd bergan summani tering.

Saqlang ​

Saqlashni bosing.

Qolganini terminalga ​

Terminal qismidagi Qolgani tugmasi chekning qolgan summasini o'zi yozadi — hisoblash shart emas.

Tasdiqlang ​

Qismlar chek summasiga teng bo'ldi. Mijoz terminalda to'lagach, Tasdiqlashni bosing.

Sotildi ​

Chekda ikkala to'lov o'z usuli va summasi bilan alohida ko'rinadi.