Yorliq chop etish
Javon yoki mahsulotning o'ziga yopishtiriladigan shtrix-kodli yorliq: nomi, narxi va shtrix-kodi bilan. Kassada skaner shu kod bilan mahsulotni topadi. Bu misolda filialda yorliq printeri bor.
Yorliq printeri
Yorliq chop etish uchun Sozlamalar → Printerlarda vazifasi Yorliqlar bo'lgan printer qo'shing. Yorliq o'lchami printerning sozlamasidan olinadi.
Mahsulotni toping
Mahsulotlar bo'limida yuqoridagi printer belgisini bosing. Mahsulot nomini, SKU yoki shtrix-kodini yozing.
- Narxni chiqarish — o'chirsangiz, yorliqqa faqat nomi va shtrix-kodi chiqadi: narx tez-tez o'zgaradigan mahsulot uchun qulay
Tanlang
Mahsulotni bosing.
Nusxa soni
Har bir mahsulot uchun nechta yorliq kerakligini qatordagi tugmalar bilan belgilaysiz — 99 tagacha. Tepadagi Nusxa barcha tanlanganlarga birdaniga qo'llanadi. Chop etishni bosing.
Chop etildi
Yorliqlar printerga yuborildi. Shtrix-kodi yo'q mahsulotlarni Kodsiz bo'limida topasiz: ularga avval mahsulot sahifasida shtrix-kod yarating.