Qarzni qo'lda yozish
Nasiyaga sotuv qarzni o'zi yozadi. Qo'lda esa kassadan o'tmagan qarzni yozasiz: eski daftardagi qarzlar, naqd berilgan pul, qaytariladigan idish yoki xizmat. Bu sahifa mijozga daftardagi 150 000 so'mlik qarzni yozishni ko'rsatadi.
Bu sotuv emas
Qo'lda yozilgan qarz ombordagi qoldiqni ham, tushumni ham o'zgartirmaydi. Mahsulot berilgan bo'lsa, uni kassada nasiyaga soting — Nasiyaga sotish.
Qarz yozishni oching
Menyudan Qarzlarni oching. Qarzlar bo'lmasa, Qarz yozishni bosing; qarzlar bo'lsa, yuqoridagi Yangi qarz tugmasi.
Mijozni toping
Ro'yxatdagi mijozni ismi yoki telefoni bo'yicha qidiring. Mijoz hali ro'yxatda bo'lmasa, Yangi mijozni tanlab, ismi va raqamini shu yerning o'zida kiritasiz.
Mijozni tanlang
Mijozni bosing.
Summani kiriting
Mijozning hozirgi qarzi uning ismi ostida chiqadi. Summa qatorini bosing.
Summani tering
Summani tering yoki tayyor summalardan birini tanlang.
Saqlang
Saqlashni bosing.
Sababni tanlang
Endi ekranda yozilgandan keyingi qarz ham chiqadi. Qarz qayerdan kelganini tanlang.
- Sabab — Boshqa tanlansa, izoh majburiy bo'ladi
Qarzni yozing
Qachon maydonida sana bugungi kun; eski daftardagi qarz uchun uni qarz berilgan kunga o'zgartiring. Qarzni yozishni bosing.
Qarz yozildi
Qarz Qarzlar ro'yxatiga tushdi va mijozning umumiy qarziga qo'shildi.