Skip to content

Oflayn cheklar ​

Kassa internetsiz sotganda cheklar telefonda yig'iladi va internet qaytgach serverga yuboriladi. Server qabul qila olmagan chek shu yerga tushadi: siz uni sotuv sifatida yozasiz yoki yopasiz.

Ko'rib chiqiladigan cheklar ​

Menyudan Oflayn cheklarni oching va Ko'rib chiqish yorlig'iga o'ting. Har bir chekda nega qabul qilinmagani yozilgan. Yuborilmagan yorlig'ida esa shu telefondan hali yuborilmagan cheklar turadi.

  • Sotuv sifatida yozish — chek qanday urilgan bo'lsa, shunday sotuv bo'lib, sotuvchisi nomidan yoziladi va qoldiqdan ayiriladi. Server chekni yana tekshiradi: yana rad etsa, chek yangi sababi bilan ro'yxatda qoladi
  • Yopish — sotuv yozilmaydi: qoldiq, kassa va hisobotlar o'zgarmaydi

Sabab ​

Nega yopayotganingizni yozing — sabab chek bilan saqlanadi. Bu misolda sotuv kassada qayta urilgan.

Yoping ​

Yopishni bosing.

Yopildi ​

Chek ro'yxatdan chiqdi. Bu bo'lim faqat egasi va barcha sotuvlarni ko'rish huquqi bor xodimga ochiq.