Kirim qilish
Ta'minotchidan tovar keldi — kirim qilasiz: qoldiq ko'payadi, tannarx yangilanadi, to'lanmagan summa ta'minotchi qarziga yoziladi. Bu sahifa 24 dona sutni ta'minotchidan nasiyaga qabul qilishni ko'rsatadi.
Bito'ga ulangan do'konlar
Bito'ga ulangan do'konda ombor Bito'da yuritiladi va Kirim bo'limi ilovada bo'lmaydi.
Kirimni boshlang
Pastki menyudan Kirimni oching va Kirim qo'shishni bosing.
- Kirim summasi — tanlangan davrdagi kirimlar, ulardan to'langani va qarz
Mahsulotlarni toping
Kelgan mahsulotni nomi yoki shtrix-kodi bo'yicha qidiring. Shtrix-kodni kamera bilan skaner qilish ham mumkin.
Belgilang
Kelgan mahsulotlarni belgilang — bir kirimda bir nechtasi bo'lishi mumkin.
Davom eting
Davom etishni bosing.
Kirimni rasmiylashtiring
Ikkinchi qadamda har bir mahsulotning miqdori va narxi, to'lov va ta'minotchi. Telefonda ekranni surib, butun formani ko'rib chiqing.
- Kutilgan foyda — kelgan tovar sotuv narxida sotilsa, qancha foyda qoladi
- Hozir to'landi — ta'minotchiga hozir bergan pulingiz; qolgani uning qarziga yoziladi
- Ta'minotchi — kirim to'liq to'lanmagan bo'lsa, majburiy
Miqdorni kiriting
Mahsulot kartasida Miqdorni bosing.
Miqdor va narxlar
Bitta oynada uchta maydon: miqdor, xarid narxi va sotuv narxi. Miqdorni terib, Xaridga o'ting va bir donaning xarid narxini tering.
- Sotuv — hozirgi sotuv narxi; o'zgartirsangiz, kirim bilan birga yangilanadi
Tayyor
Ustama va bir donadan qoladigan foyda shu yerning o'zida chiqadi. Tayyorni bosing.
Ta'minotchini tanlang
Kirim summasi hisoblandi. Ta'minotchi kartasini bosing.
Ro'yxatdan tanlang
Ta'minotchini bosing.
- Ta'minotchi qo'shish — yangi ta'minotchini ismi va telefoni bilan shu yerda qo'shasiz
Saqlang
Saqlashni bosing.
Kirim yozildi
Kirim ro'yxatga tushdi. Uni bosib oching.
- Kirim — To'lanmagan: summa ta'minotchiga qarz bo'lib turibdi
Kirim sahifasi
Saqlangan kirim tahrirlanmaydi. Qarzni shu yerdan to'laysiz, tovarni ta'minotchiga qaytarasiz yoki xato kirimni bekor qilasiz.