Keshbekni qo'lda o'zgartirish
Mijozning keshbek hamyoniga qo'lda pul qo'shasiz yoki undan ayirasiz: uzr sifatida, xatoni to'g'rilash yoki aksiya uchun. Bu misolda Sardor Qodirovga uzr sifatida 20 000 so'm qo'shiladi.
Faqat ilovadagi mijozda
Keshbek hamyoni faqat Bione ilovasiga kirib, telefon raqamini tasdiqlagan mijozda bo'ladi — sahifasida Bione ilovasida belgisi turadi. Qolganlarida O'zgartirish tugmasi chiqmaydi.
O'zgartirish
Mijoz sahifasini oching va keshbek kartasidagi O'zgartirishni bosing.
Summa
Qo'shish yoki Ayirishni tanlab, summani tering. Bu misolda 20 000 so'm qo'shiladi. Ayirishda hamyondagi qoldiqdan ko'p ayirib bo'lmaydi.
Sabab
Sababni tanlang — usiz saqlab bo'lmaydi. Boshqani tanlasangiz, sababni o'zingiz yozasiz.
Saqlang
Keshbek qo'shishni bosing.
Qo'shildi
Mijoz hamyonida 20 000 so'm. Qo'lda qo'shilgan keshbek ham mijozning darajasiga hisoblanadi: chegaradan o'tsa, mijoz yangi darajaga chiqadi va bu haqda xabar oladi.