Yangi kompaniya ochish
Do'kon nomi, turi va xaritadagi joyi bilan ochiladi. Keyin ilova do'kon turiga mos tayyor mahsulotlarni taklif qiladi va oxirida biznes ma'lumotlari tekshiruvga yuboriladi. Bu sahifa ikkinchi kompaniyani menyudan ochishni ko'rsatadi; yangi ro'yxatdan o'tganda ham xuddi shu ekranlar keladi.
Do'kon nomi
Menyuning pastidagi Kompaniya yaratishni bosing va Brend nomiga do'kon nomini yozing — mijozlar uni ilovada shunday ko'radi.
Do'kon turi
Do'koningiz turini tanlang. Keyingi qadamda taklif qilinadigan tayyor kategoriya va mahsulotlar shunga qarab tanlanadi.
Joylashuv
Xaritada belgilash kartochkasini bosing. Joy majburiy: mijozlar ilovasi do'konni shu nuqta bo'yicha yaqinidagilar orasida ko'rsatadi.
Xaritada belgilang
Xaritani surib, markazdagi belgini do'kon eshigi ustiga keltiring va Tasdiqlashni bosing.
Keyingisi
Nom, tur va joy tayyor. Keyingini bosing.
Tayyor kategoriyalar
Do'kon turiga mos kategoriyalar belgilangan holda chiqadi. Sotmaydiganlaringizdan belgini oling va Keyingini bosing. Mahsulotlarni o'zingiz kiritmoqchi bo'lsangiz — O'tkazib yuborish.
Tayyor mahsulotlar
Belgilangan kategoriyalarning mahsulotlari Unical katalogidan keladi: nomi, shtrix-kodi, rasmi va soliq kodi (MXIK) bilan. Kerakli mahsulotni nomi yoki shtrix-kodi bo'yicha qidiring.
- Qidiruv — butun katalog bo'yicha qidiradi, faqat ro'yxatdagi kategoriyalar bo'yicha emas
Topilganini belgilang
Qidiruvda topilgan mahsulotni bosib belgilang. Natija qaysi kategoriyaga tushishi uning ostida yoziladi.
Narx qo'shing
Belgilangan mahsulot ostida narx qatori ochiladi. Narxni hoziroq yozish shart emas: narxsiz mahsulot do'konga qo'shiladi, lekin narx qo'yilmaguncha sotilmaydi. Bu misolda narx yoziladi.
Narx
Narxni yozib Saqlashni bosing.
Mahsulotlarni yarating
Tugmada nechta mahsulot qo'shilishi yozilgan. Bosing.
Tayyor
Mahsulotlar do'konga qo'shildi. Narxsizlari bo'lsa, ularning soni shu yerda yoziladi. Keyingini bosing.
Biznes ma'lumotlari
Oxirgi qadam: tashkiliy-huquqiy shaklni tanlang. YaTT uchun JShShIR, qolganlari uchun STIR so'raladi.
STIR
Kompaniyaning 9 xonali STIR raqamini yozing.
Mas'ul shaxs
Do'kon uchun javob beradigan shaxsning ism-familiyasini yozing. Hisobingizda ism va familiya bo'lsa, Bu men yoqilgan holda keladi va qo'shimcha hech narsa yozish shart emas.
Ko'rib chiqishga yuboring
Ko'rib chiqishga yuborishni bosing. Hujjatlar qo'lingizda bo'lmasa, Saqlab, keyinroq tugatish kiritilganlarni saqlab qoladi.
Tekshiruvda
Do'kon ochildi va Bione jamoasi ma'lumotlarni tekshirmoqda — yuqoridagi xabar shuni aytadi. Shu vaqtda ham do'kon bilan ishlay boshlaysiz, lekin tasdiqlanmaguncha ba'zi amallar cheklangan bo'lishi mumkin.