Bir nechta qarzni to'lash
Mijozning bir nechta qarzi bo'lsa, bitta to'lovni ularning hammasiga bo'lib yozasiz. Bu misolda Malika Yusupovaning ikki qarzi bor — 100 000 va 50 000 so'm — va u 120 000 so'm olib keldi.
To'lash
Menyudan Qarzlarni oching va To'lashni bosing.
Mijoz
Qarzi bor mijozlar ro'yxati. Mijozni bosing.
Summa
Summa kartasini bosing.
Summani tering
Bu misolda 120 000 so'm. Qarzdan ko'p summani kiritib bo'lmaydi.
Tayyor
Saqlashni bosing.
Qaysi qarz yopiladi
Eskisidan — avval eng eski qarz yopiladi, qolgani keyingisiga o'tadi; Yangisidan — aksincha. Ro'yxatda har bir qarzga qancha tushishi ko'rinadi. To'lov usulini tanlab, To'lovni qabul qilishni bosing.
To'landi
100 000 so'mlik qarz yopildi, 50 000 so'mlikdan 30 000 so'm qoldi. Qarz to'lovlari uchun keshbek berilmaydi.