Skip to content

Qarz to'lovini qabul qilish ​

Mijoz qarzining hammasini yoki bir qismini olib keldi. To'lovni qarzdorning sahifasidan qabul qilasiz. Bu sahifa 150 000 so'mlik qarzdan 50 000 so'mni naqd qabul qilishni ko'rsatadi.

Qarzdorlar ​

Qarzlar bo'limida Mijozlar ro'yxatini oching — har bir qarzdor bitta qatorda, barcha qarzlari jami bilan.

Qarzdorni oching ​

Mijozning qatorini bosing.

Qarzdor sahifasi ​

Yuqorida hozirgi qarz va qanchasi yopilgani, pastda har bir ochiq qarz va uning tarixi.

  • Ko'rsatkichlar — ochiq qarzlar soni, to'langan summa va eng eski qarz necha kunlik
  • Eslatma — mijozga qarz haqida xabar yozish
  • Mijoz sahifasi — xaridlari, keshbeki va izohi

Summani kiriting ​

Qarzni yopish to'lov oynasini ochadi. Usulni tanlang va mijoz bergan summani tering.

  • Usul — Naqd, Karta yoki Aralash: aralashda naqd qismini keyingi oynada kiritasiz, qolgani karta bo'ladi
  • Tayyor summalar — Butun qarz, Yarmi va qarzdan kichik yaxlit summalar

Qabul qiling ​

Summa qarzdan kam bo'lsa, oyna qancha qolishini ko'rsatadi; qarzdan ko'pini kiritib bo'lmaydi. To'lovni qabul qilishni bosing.

To'lov qabul qilindi ​

Qarz kamaydi, to'lov qarz tarixiga va To'lovlar ro'yxatiga yozildi.