Shaxsiy promo-kodlar
Tanlangan mijozlarning har biriga o'z kodi yuboriladi: uni boshqa odam ishlata olmaydi. Bu misolda qarzi yo'q mijozlarga 20 000 so'mlik bonus kodi yuboriladi.
Shaxsiy kodlar
Menyudan Promo-kodlarni oching va Shaxsiy kodlarni bosing.
Kimga
Kimga yuborishni tanlang. Bu misolda Qarzi yo'qlar.
Nechta odam
Kartada nechta mijoz kod olishi ko'rinadi. Ilovada ro'yxatdan o'tmagan mijozlarga kod yuborilmaydi. Bonusni bosing.
Bonusni tering
Klaviatura joriy summa bilan ochiladi va yangi raqamlar uning oxiriga qo'shiladi — avval eski summani o'chiring yoki tayyor summalardan birini tanlang. Bu misolda 20 000 so'm.
Tayyor
Tayyorni bosing.
Yuboring
Bonus kod bilan to'langan buyurtmaga keshbek bo'lib tushadi. Bonus ostida hamma kod ishlatilsa eng ko'pi bilan qancha berilishi yozilgan. Telegram bot orqali xabar faqat do'koningiz botini ishga tushirgan mijozlarga boradi. Yuborish tugmasini bosing.
Yuborildi
Kodlar yuborildi va yangi promo-kod sahifasi ochildi. Har bir mijozning kodini shu promo-kodning partiyalarida ko'rasiz.