Ilovaga kirish
Bione POS'ga do'kon egasi yoki xodim o'z telefon raqami yoki emaili va paroli bilan kiradi. Kassa uchun alohida kassir kaliti ham bor — u bilan faqat sotuv ekrani ochiladi (kassir kaliti).
Telefon yoki email
Ro'yxatdan o'tganingizdagi telefon raqami yoki emailni yozing.
- Telefon yoki email — telefon raqami +998 bilan yoziladi
Davom eting
Davom etishni bosing. Hisobingiz Telegram bilan ochilgan bo'lsa, pastdagi Telegram orqali davom etish parolsiz kiritadi.
Parol
Parolni yozing. Parolni unutgan bo'lsangiz, do'kon egasi yoki Bione qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Kiring
Kirishni bosing. Hisobingizda ikki bosqichli tasdiqlash yoqilgan bo'lsa, keyingi ekranda autentifikator ilovasidagi yoki Telegram'ga kelgan kodni kiritasiz.
Bosh sahifa
Siz ichkaridasiz. Bir nechta kompaniyangiz bo'lsa, avval qaysi biri bilan ishlashni tanlaysiz; ilova keyingi safar uni eslab qoladi.