Kassir kaliti
Kassir kaliti — xodim do'kondagi umumiy telefon yoki planshetga parolsiz kiradigan kod. Kalit bilan kirgan qurilmada faqat kassa ishlari ochiq: sotuv, qaytarish, mijozlar, qarz to'lovi, kirim, inventarizatsiya va naqd xarajat. Hisobotlar, sozlamalar va xodimlar u yerda ko'rinmaydi.
Xodimni oching
Menyudan Xodimlarni oching va xodimni bosing. Bu misolda — kassir Jasur Aliyev.
Xodim sahifasi
Huquqlari, aloqasi va pastda kassir kaliti. Kalit berishni bosing.
- Huquqlar — rol bo'yicha guruhlangan: har bir guruhda nechtasi yoqilgan
Kalit bering
Kalit bitta filialga bog'lanadi: u bilan kirgan qurilma shu filialning kassasi bo'ladi. Kalit berishni bosing.
Kalitni saqlang
Xodim kalitni kassa qurilmasida, Bione POS'ning kirish oynasida Kassir kalitini tanlab kiritadi. Kalitni qayta ko'rib bo'lmaydi: yo'qolsa, yangisini berasiz. Kalit berildini bosing.
Kalit berildi
Xodim sahifasida kalit qaysi filialga berilgani va qachon ishlatilgani ko'rinadi. Kalit bilan kirilgan qurilmalar ham shu yerda: har biridan alohida chiqarish mumkin. Qayta berish yoki Bekor qilishdan keyin eski kalit darhol ishlamay qoladi va u bilan kirilgan qurilmalar chiqib ketadi.