Kirimni bekor qilish
Saqlangan kirimni o'zgartirib bo'lmaydi: xato bo'lsa, uni bekor qilasiz va to'g'risini qaytadan kiritasiz. Bu misolda 24 dona sutning narxi noto'g'ri yozilgan.
Qachon bekor qilib bo'lmaydi
Kirimdagi mahsulotdan bitta ham sotilgan, qaytarilgan yoki boshqa hujjatda ishlatilgan bo'lsa, kirimni bekor qilib bo'lmaydi. Ta'minotchiga to'lov yoki qaytarish qilingan bo'lsa ham. Bunday holda ortiqchasini ta'minotchiga qaytaring.
Kirim
Kirimlar ro'yxatidan kirimni oching. Kirimni bekor qilishni bosing.
Sabab
Nima uchun bekor qilinayotganini yozing: u kirim sahifasida va harakatlar jurnalida qoladi.
Tasdiqlang
Bekor qilishni bosing.
Bekor qilindi
Mahsulotlar qoldiqdan ayirildi, ta'minotchi qarzi kamaydi, kirimda to'langan pul bekor bo'ldi. Kirim vaqtida o'zgargan sotuv narxi esa avvalgisiga qaytmaydi — kerak bo'lsa, uni mahsulotda o'zgartiring.